Dostonbek Tursunov Xitoy chempionatiga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2021, 11:57
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Dostonbek Tursunov 2020 yilning yanvar oyidan beri Janubiy Koreyaning "Busan I'Park" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

25 yoshli himoyachi yangi mavsumni Xitoyning "Chuncin Danday Lifan" jamoasi safida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, "Chuncin Lifan" Xitoy Superligasining o'tgan mavsumida 6-o'rinni egalladi. Jamoa tarkibida Ferandino, Marselo Sirino, Marsino va Miller Bolanos kabi singari legionerlar bor.  

Doston Tursunov faoliyati davomida "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Metallurg" va Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" jamoasida ham to'p tepgan edi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia