Doston Tursunov: "Golimni Sidiqov, G'aniev va Hamrobekovlarga bag'ishlayman"

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2019
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Doston Tursunov KXDRga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonganimizga ancha bo'lgandi. Yaratganga shukur, g'alabaga erishdik. Buning ustiga birinchi golimni urdim. Golimni Javohir Sidiqov, Aziz G'aniev va Odil Hamrobekovlarga bag'ishlayman. Ular uchrashuvdan oldin gol urishimni aytishgan edi. Yigitlarning niyati holis ekan. Muxlislarni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman" - deydi Doston Tursunov.

Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia