

Meksikalik futbolchi, klub bosh murabbiyi Xerardo Martino bilan bo'lgan suhbatdan keyin shunday qarorga kelgan. Argentinalik mutaxassis Santosga katta ishonch bildirayotganligini aytgan.
“Katta xursandchilik bilan “Barselona”da qolganligim haqida xabar beraman. Men bu klubda katta natijalarga erishishni xoxlayman va fikrimcha shunday kunlarga oz fursat qoldi. Klub va murabbiydan menga ishonch bildirgani uchun minnatdorman”, - deydi Dos Santos.



