Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" himoyachisi Mazrauiga shartnoma taklif qildi

Alisher
19 fev 2022
Dortmundning "Borussiya" klubi Nussair Mazraui bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, nemis klubi 24 yoshli marokashlik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qildi.

Mazraui 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira