Diyorbek O'rozboev: "Medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman"

Narzulla Saydullayev
7 avg 2016
Dzyudo kurashi bo'yicha terma jamoamiz a'zosi Diyorbek O'rozboev Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirdi.

Og'irlik vazni 60 kg.gacha bo'lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan istedodli sportchimiz Avstraliya, Shveytsariya, Braziliya hamda Gruziya terma jamoasi a'zolarini mag'lub etib, bronza medali sovrindori bo'ldi.

FOTOGALEREYA. Diyorbek O'rozboev - bronza medal sohibi!


“Birinchilardan bo'lib bahslarga kirishish juda ham mas'uliyatli. Men bunga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Biz sportchilarga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e'tibor o'z so'zini aytmoqda. Odatda sportchilar mana shunday g'alabalarni biror-bir sana yohud yaqinlaridan biriga bag'ishlaydilar. Men Olimpiya o'yinlaridagi birinchi medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib meni doimo qo'llab-quvvatlab turadigan oilamga, ustozlarimga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug'imizdir”, - deydi Diyorbek O'rozboev. 

Ushbu xabarning to'liq qismini Olamsport.com sayti orqali o'qish mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com