Diyor Imomxo'jaev: "Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa taniqli mutaxassislardan biri O'zbekiston bosh jamoasini qabul qilib oladi"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018
PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlanishi borasida fikr bildirdi.

"Milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasi hal qiluvchi pallaga kirdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa taniqli mutaxassislardan biri O'zbekiston bosh jamoasini qabul qilib oladi.

Bu murabbiy bungacha ishlagan jamoasini Jahon Chempionatiga olib chiqqan, o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun yaxshi tanish. Ayni vaqtda O'FA vakillari muzokara yuzasidan Yevropada bo'lib turibdi. Yani, bungacha O'FA bergan vadasi bo'yicha ish olib boryapti. Umid qilamanki, hammasi ijobiy yakun topadi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia