Diyor Imomxo'jaev: "Superliga 5 iyunda boshlanishi shart emas..."

Narzulla Saydullayev
30 may 2020
Professional futbol klublariga o'z o'quv mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etildi.

SEOA xabarida, shuningdek, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko'rsatilgan. Biroq bu Superliga uchrashuvlarini aynan shu sanadan boshlash shart ekanini bildirmaydi. Biz futbolchilar o'z formasini tiklab olishi, murabbiylar mavsum davomiga tayyorgarlik ko'rib olishi uchun vaqt beramiz. Bu jarohatlanish holatlari nisbatan kamroq bo'lishi hamda barcha masalalar puxta reja va tayyorgarlik bilan amalga oshirilishiga imkon beradi", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia