Diqqat tanlov! Sizning shioringiz Avstraliyada ko'tarilishi mumkin!

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2015
O'zbekiston muxlislar klubi va saytimiz hamkorligida kichik tanlovni e'lon qilamiz.
Xabaringiz bor, Saudiya Arabistoni bilan bo'lib o'tgan o'yinda, futbolchilarni etlarini jimirlatish maqsadida Abduraxmon Fozilov tomonidan, "O'zbekiston uchun joningni ber" manosidagi banner stadionda ko'tarilgan edi.

Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'yin oldidan ham huddi shunga o'xshash banner tayyorlash rejalashtirilgan. Demak, fikr qoldirish bo'limi orqali o'zingizni shioringizni yozib qoldiring.

G'olib bo'lgan ishtirokchi O'zbekiston milliy terma jamoasining futbolkasi bilan taqdirlanadi.

P.S: Iltimos faqat tanlov uchun izoh yozing. qolgan barcha fikrlar o'chiriladi. Birovning fikriga javob berganlar ham.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia