Dinamo PFK murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo'ylab yosh iqtidorlarni tumanlarda ko'rikdan o'tkazadi

Alisher
9 dek 2020
2021 yilgi yangi mavsum oldidan yangi yosh iqtidorlarni saralab, Dinamo yoshlar jamoasiga tayyorlab borish maqsadida Dinamo futbol klubi murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo'ylab yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishadi.

Dinamo PFK murabbiylar shtabi klubning ertangi kuni sanalmish Dinamo (U18) yoshlar jamoasiga viloyatimizning barcha shahar va tumanlardagi 2002-2003 yillarda tug'ilgan yosh havaskor futbolchilarni sinovdan o'tkazib, iqtidorlarni saralab olishni maqsad qilishgan. Klub tomonidan belgilangan dasturga binoan, Dinamo murabbiylar shtabi 10-16 dekabr kunlari Samarqand viloyati bo'ylab, ajratilgan to'rt hududda yig'in tashkil etib, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali yosh futbolchilarni saralab oladi.

Dinamo PFK murabbiylarining tumanlarda tashkil etadigan ko'rigi sanasi, manzili hamda vaqti:


1-hudud: Kattaqo'rg'on shahri va tumani, Narpay, Paxtachi tumani uchun

Manzil: Kattaqo'rg'on shahri, Do'stlik stadioni

Qachon: 10 dekabr (payshanba), soat 10:00da boshlanadi.


2-hudud: Payariq, Oqdaryo, Ishtixon, Qo'shrabot tumanlari uchun.

Manzil: Chelak shahri, Turon stadioni

Qachon: 12 dekabr (shanba), soat 10:00da boshlanadi.


3-hudud: Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung'ur tumanlari uchun.

Manzil: Tayloq, Qo'shchinor stadioni, 2-BO'SM.

Qachon: 14 dekabr (dushanba), soat 10:00da boshlanadi.


4-hudud: Samarqand shahri, Samarqand tumani, Pastdarg'om, Nurobod tumanlari

Manzil: Charxin qo'rg'oni, Dinamo futbol maktabi stadioni

Qachon: 16 dekabr (chorshanba), soat 10:00da boshlanadi.


Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +998 90 276 70 50


Ushbu yig'inlar davomida yuqorida qayd etilganidek, faqat 2002-2003 yillarda tug'ilgan barcha yosh havaskor futbolchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar o'zlari bilan fuqarolik pasporti va sport kiyimlarida (butsa, shitki) bo'lishlari talab etiladi. Kelajakda viloyatimizning bosh futbol jamoasida to'p surishni maqsad qilgan barcha iqtidorlarni Dinamo klubi murabbiylari ko'rigiga chorlab qolamiz!


Dinamo PFK mamuriyati


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz