“Dinamo” “Paxtakor”ning ikki futbolchisi uchun 1 milliard so'm to'lagan ekan

Alisher
8 yanv 2020
Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2019 yilgi Superliga o'yinlari boshlanishi arafasida “Paxtakor”ning ikki futbolchisi Botirali Ergashev va Shoxruh Abdurahmonovni ijaraga olgan edi.

Mavsumning ikkinchi qismida esa klub mazkur o'yinchilarning transferini to'liq sotib olgandi. Ergashevning "Sport TV"ga bergan intervyusiga ko'ra, samarqandliklar uchun umumiy transfer narxi 1 milliard so'mga tushgan.

Yani “sherlar”ning ikki a'zosi uchun 500 million so'mdan to'lagan.

Eslatib o'tamiz, darvozabon Botirali Ergashev o'tgan mavsumda Superligada 22ta o'yinda maydonga tushdi.

Shoxruh Abdurahmonov esa 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia