"Dinamo" "Paxtakor" va "Lokomotiv" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
8 fev 2024
"Dinamo" jamoasi Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Jamoa safida BAAdagi yig'inda ishtirok etgan va hozirda Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashayotgan Husniddin G'ofurov klub bilan bir yillik shartnomani imzoladi.

29 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o'tgan mavsumni "Metallurg" safida o'tkazib, Superligada 17 o'yinda 4ta golga mualliflik qildi. Shuningdek, u faoliyati davomida Serbiya klublari, "Paxtakor", "Lokomotiv", OKMK, "Surxon", "Neftchi", "So'g'diyona" jamoalari sharafini ham himoya qilgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia