

Havo harorati yomg'irdan keyin salqin bo'lsa-da, Ramazon oyida aksariyat futbolchilar va muxlislar ro'zador ekanligi munosabati bilan Dinamo stadionida o'tadigan bugungi o'yin avvaldan belgilanganidek soat 18:50da boshlanadi. Birinchi bo'limdan keyin ro'zadorlarning ro'zasini ochishi inobatga olingan.
Avvalgi o'yinlargidek bu safar ham samarqandlik savobtalab va jonkuyar muxlislar tomonidan ro'zador muxlislar uchun iftorlikka Obi Zam-zam, arab xurmosi, egulik tarqatiladi. Farg'onadan Samarqandga kelayotgan mehmon jamoa muxlislari uchun ham iftorlik tayyorlab qo'yilgan.
Shuningdek, bir qator faxriy muxlislarning talab va istaklari inobatga olgan holda avvalgi o'yinlarda bo'lgani kabi Dinamo - Neftchi uchrashuvi 1-bo'limidan keyin o'yingohda namozxonlar uchun Shom namozini ado etishlari uchun 15-sektorning orqa tomonida sharoit yaratiladi.
Uchrashuvga tashrif buyuring va juda muhim bahsda jamoamizni qo'llab-quvvatlang! Eng ashaddiy muxlislarni 14-sektorga taklif qilamiz.



