“Dinamo” nazorat bahsida “Bunyodkor” darvozasiga javobsiz 3 ta to'p yo'lladi

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, “Dinamo” jamoasi bugun Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushdi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida o'tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Ilyos Zeytullaev murabbiyligidagi “qaldirg'ochlar”dan ustun keldi.

Nazorat o'yini

“Bunyodkor” – “Dinamo” 0:3

Gollar: Jaloliddin Jumaboev 50’, Aziz Amonov 67’, 80’

Ma'lumot uchun, “Bunyodkor” 2 aprel kuni Superliga 5-turida “Lokomotiv” bilan ro'baro' keladi. “Dinamo” esa 3 aprel kuni “Xorazm” mehmoni bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати