

Chempionat doirasida 3 sentyabr kuni 23-tur doirasida Kosonsoyda bo'lib o'tishi lozim bo'lgan Kosonsoy - Dinamo uchrashuvi hamda 6 sentyabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan 24-tur doirasidagi Xotira-79 - Dinamo bahsi ham ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi. Jamoamiz 3 sentyabr kuni vodiydagi safardan Samarqandga qaytib keldi. Bu bahslarning qaysi sanaga ko'chirilgani hozircha ma'lum emas. Shuningdek, 23-24-tur doirasidagi barcha o'yinlar noma'lum muddatga qoldirilgan.
Endi Dinamo jamoasi 25-turda ham dam olib, 26-turda 15 sentyabr kuni Samarqandda Zomin jamoasini qabul qiladi.



