Dilshod Saitovga Turkiya va BAA jamoalari qiziqmoqda

Iskandarov Abdulaziz
4 dek 2023
Xorijda o'ynayotgan legionerlarimiz soni yana bittaga oshishi mumkin.

Gap "Paxtakor" futbolchisi Dilshod Saitov haqida ketmoqda. Himoyachi Turkiya va BAA klublari qiziqishlari doirasida turibdi. "Sherlar" ustozi mazkur vaziyatga quyidagicha izoh berdi: 

"Ha, unga bildirilgan takliflar bor. Unga arablar tomonidan qiziqish bo'lmoqda. Ko'ramiz, muzokaralar olib boramiz. Biz uchun futbolchining fikri muhim. Unda yarim yil ijarada o'ynab qaytish varianti ham bor. 

Bizning siyosatimiz shundan iboratki, agar futbolchida boshqa jamoaga kyetish varianti bo'lsa, biz uni qo'yib yuborishga tayyormiz. Futbolchining umri qisqa, chetga kyetib, kuchliroq jamoalarda o'ynashi, pul ishlashi kerak",- deydi Maksim Shackix. 

Ma'lumot uchun, Dilshod Saitov 2023 yilgi mavsum Superligada 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta gol, 4ta assist qayd etdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia