Dilshod Hamroev: "Olmaliq" ustidan g'alaba qozonib "oltin ochko"larni qo'lga kiritishga urinamiz"

Narzulla Saydullayev
4 noya 2016
"Obod" - "Olmaliq" uchrashuvidan oldin mezbonlar darvozaboni Dilshod Hamroev o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz "Olmaliq" ustidan g'alaba qozonib oltin ochkolarni qo'lga kiritishga urinamiz. "Olmaliq" ancha yillardan buyon oliy ligada o'ynaydi, tajribali jamoa. Biroq bu o'yinda ikkala jamoaga ochkolar juda zarur, shu sababi yilning eng yaxshi o'yini bo'lishi kutilmoqda.

Faqat g'alabani o'ylagan holda bahsga tayyorgarlik ko'rdik. Jamoadoshlarimning barchasi uchrashuvning mas'uliyati qanchalik yuqori ekanini tushunib turishibdi. Nasib qilsa bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - deydi Dilshod Hamroev.

"Obod" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia