Dilshod Ahmadaliev: "Bunyodkor" nafaqat "Loko"dan, balki Osiyoning hech qaysi jamoasidan qo'rqmaydi"

Tolibjon Qosimov
2 dek 2017
"Bunyodkor"ning o'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev O'zbekiston kubogi finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Final uchrashuvi biz uchun yildagi eng muhim o'yin, desam xato bo'lmaydi. A'lo kayfiyatda muhim bahsga hozirlik ko'ryapmiz."Bunyodkor" "Lokomotiv"dan cho'chimaydi. Umuman biz nafaqat "Loko"dan, Osiyoning hech bir jamoasidan qo'rqmaymiz.

"Bunyodkor"ni Mirjalol Qosimov o'z boshqaruviga olganidan keyin jamoaga g'oliblik ruhi qaytdi. Faqat va faqat g'alaba falsafasida jamoamiz o'ynashni o'rgandi.

Mavsumdagi eng oxirgi va muhim uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'ylaymanki, eng yaxshi o'ynimizni ko'rsatib, bosh sovringa ega chiqamiz. Maqsadimiz aniq - O'zbekiston kubogi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia