Diego Forlan Fyodor Smolovning o'yiniga baho berdi

Alisher
12 iyun 2020, 12:37
"Atletiko"ning urugvaylik sobiq hujumchisi Diego Forlan rossiyalik hujumchi Fyodor Smolovning "Selta"dagi o'yinlariga izoh berdi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

"Menga Smolovning "Selta"dagi o'yinlari yoqdi. U yaxshi texnikaga ega kuchli forvard. Ha, u hali muxlislar xohlaganidek natijalarga ega bo'lmasligi mumkin, ammo u mavsum so'nggiga qadar o'zining munosibligini isbotlashi mumkin.

Shunday bo'lsa-da, u terma jamoada va Chempionlar Ligasida o'ynagan tajribali o'yinchi. Uning Yago Aspas bilan dueti samarali bo'lishi mumkin. Agar ular yaxshi o'ynashsa, "Selta"ni La Ligada saqlab qolishlari mumkin", - deydi Forlan.

Eslatib o'tamiz, Smolov qishki transferlar oynasida ijara asosida "Lokomotiv" (Moskva)dan "Selta"ga o'tgan edi. Futbolchi La Ligada 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


Manba: metaratings.ru


AlisherMuallif
Manba: