Dibala "Roma" rahbariyati taklif qilgan 10-raqamni rad etdi

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2022
"Roma"ning yangi futbolchisi Paulo Dibala nima uchun 21-raqamli libosni tanlaganini izohladi.

Dibala "Roma"dagi 10-raqamli futbolkani kiyish mas'uliyati og'ir ekanligi tufayli o'ziga yoqqan 21-raqamni tanladi.

"Klub direktori menga 10-raqamni olishni taklif qilgandi, bu raqam Tottining qilgan mehnatlarini yodga solib turadi. Bu raqam hali ham unga tegishli bo'lsa kerak. Biroq men ularga rahmat aytdim va rad etdim, chunki bunday libosni kiyish uchun o'ziga yarasha dovrug' hamda mas'uliyat bo'lishi kerak. Balki bir kun ushbu raqam ostida harakat qilarman, lekin hozircha 21-raqamni tanlaganimdan mamnunman. Bu raqam muvaffaqiyatlarimning bir parchasi hisoblanadi", - dedi argentinalik futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: asroma.com