

29 yoshli futbolchi Qatardagi mundialda atigi ikkita o'yinda maydonda ko'rinish berdi. U "gol+pas" tizimida hech qanday ochko to'play olmadi. Turnir avvalida Paulo jarohatidan forig' bo'layotgan edi.
Dibala joriy mavsum boshida Rim klubi a'zosiga aylangan edi. U 2022 yilning iyul oyida A Seriya vakili bilan shartnoma imzolagan edi. Bungacha Dibala Turinning "Yuventus" klubida 7 yil harakatlandi.
Dibala ushbu mavsumda "Roma" safida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va 7 ta gol urdi, uning hisobida yana 3 ta golli uzatma ham mavjud.



