Di Mariya Messi va Levandovskining JCH-2022 vaqtidagi keskin munosabatni esladi

Aziz Tukhtamuradov
1 dek 2023
Argentina terma jamoasi futbolchisi Anxel Di Mariya JCH-2022 vaqtida Messi va Levandovski o'rtasida yuzaga kelgan munosabat haqida gapirdi.

"Messi Levandovskiga atayin qarshilik qilganini hatto buvim ham tushungandilar. Bunday narsalar uning ichida qoladi. Qachondir kimdir u haqida gapiradigan bo'lsa, Messi maydonda javob beradi. U shunday tarzda gaplashadi. Bu normal holat deb o'ylayman. 

Uni hurmat qilmaydigan, tarixdagi eng zo'r futbolchi ekanligini tushunmaydiganlar bor. Messiga bunday deyish kerak emas, chunki u "o'ziga kelib qolsa", sizga yanada qiyin bo'ladi", - dedi Messi.

Qayd etish lozimki, Messi va Levandovski o'rtasidagi munosabatlar 2021 yilda, argentinalik futbolchi "Oltin to'p" qo'lga kiritganida yomonlasha boshlagan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo