Di Mariya faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Alisher
6 dek 2021, 12:34
Argentina terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Vingerning xizmatlariga "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar bitimni yanvardagi transfer oynasida amalga oshirishga urinib ko'rishadi.

Qayd etish kerakki, 33 yoshli futbolchi hozirda PSJda o'ynamoqda.. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Di Mariyada La Ligada o'ynash bo'yicha tajriba bor. Argentinalik to'rt mavsum davomida Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilgan.

Anxel joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Don Balon