Destro "Jenoa"ning muvaffaqiyatlari sirini aytdi

"Jenoa" forvardi Mattia Destro jamoaning oxirgi o'yinlarda yaxshi natija qayd etayotgani haqida gapirdi.

"Ballardini kelganidan keyin jamoaning o'yini yaxshi tomonga o'zgardi. Murabbiy futbolchilarga ishtiyoq, g'alaba qozonish istagini singdira oldi. O'ylashimcha, bu eng muhimi.
Mening natijalarim? Ayni paytda eng yaxshi formada bo'lib turibman deb o'ylayman. Bu hali boshlanishi. Bir xil ruhda davom etishimiz kerak", dedi 29 yoshli futbolchi.

Ma'lumot uchun, Genuya klubi Italiya chempionatining 21-turidan keyin A Seriya musobaqa jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.


Manba: football-italia.net