Desham Mbappening jarohati darajasi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2024
Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham Kilian Mbappening holati haqida gapirdi.

Avvalroq Kilian Mbappe Fransiya kubogi doirasidagi PSJ - "Brest" o'yini davomida jarohat olgan bo'lishi mumkinligi haqida aytilgandi. 

"Kilianda barchasi joyida. Havotirlanish uchun sabab yo'q. Bunday jarohat cho'chitmasligi kerak. Hammasi joyida", - dedi Desham. 

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Mbappe o'yin davomida qattiq zarba qabul qilib olgandi. U o'yinni oxirigacha etkazgan, biroq jamoasining kechagi mashg'ulotini o'tkazib yuborgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Get French Football News