Desham: "Angliyaning zaif tomonlari yo'q"

Оқил Абдубарноев
9 dek 2022
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Angliya terma jamoasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Qancha uzoq yo'l bosgan sari, raqiblar darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Futbolchilarga qo'yiladigan talablar ham ortib boraveradi. Bo'lajak raqiblarimizning zaif nuqtasi yo'q deb hisoblayman. Men uchun bu shubhasiz, fakt. Ehtimol, ularda mening takidlarimdan biroz zaif nuqtalar bordir. Bundan unumli foydalanishimiz kerak. Biz ularni qanday jazolash mumkinligini anglab yetishimiz lozim", - dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Angliya - Fransiya o'yini 11 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport