Depay: "Faoliyatimni "Barsa", "Real", "Chelsi", "Siti", PSJ yoki "Bavariya"da davom ettirmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 19:12
"Lion" yarim himoyachisi Memfis Depay mashhurroq klubda o'ynamoqchi ekanligini aytdi.

"Lion" - yirik klub, ammo u Yevropaning eng kuchli besh jamoasidan biri emas.

"Barselona", "Real", "Chelsi", "Manchester Siti", PSJ yoki "Bavariya" kabi klubda o'ynamoqchiman.

Menga mos shahar va klubda to'p tepishni istayman.

"Real" - Qirollik klubi, ularning futbolkasi oq va tilla rangda. Ammo bor e'tiborim "Lion"ga qaratilgan, ko'ramiz, hammasi qanday yakunlanar ekan" - deydi Depay.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Helden