Depay "Barselona"ga o'tishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021
"Lion" forvardi Memfis Depay "Barselona"ga o'tishga qaror qildi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, rasmiy ma'lumot kelasi hafta boshida e'lon qilinadi. Ayni damda transfer hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Evro-2020dan qaytganidan keyin futbolchi "Barselona" futbolchisi sifatida taqdimot qilinadi.

27 yoshli Depay "Lion" bilan shartnomasi yakunlangani sababli "Barsa"ga tekinga o'tadi.

Ushbu mavsumda forvard barcha turnirlarda 40ta o'yinda qatnashib, 22 gol va 12 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport