Depay "Atletiko"ga o'tishdan avval Grizmann bilan gaplashgan

21 yanv 2023, 15:00
Niderlandiyalik futbolchi "Barselona"dan kyetishdan oldin "Atletiko" haqidagi ma'lumotni Antuan Grizmanndan olgan.

Niderlandiyalik futbolchi “Barselona”dan kyetishdan oldin “Atletiko” haqidagi ma'lumotni Antuan Grizmanndan olgan.

“Men ko'chib o'tishdan oldin Grizmann bilan gaplashdim. U menga bu klub haqida ko'p yaxshi narsalarni aytdi. “Atletiko”ga o'tganimdan so'ng, kutgan hamma narsaga ega bo'ldim. Meni iliq kutib olishdi, bu juda yoqimli. Hammasi juda qulay, ajoyib stadion. Muxlislarning qo'llab quvvatlashini his qilish uchun imkon qadar tezroq o'yin o'tkazishni xohlayman”, dedi Memfis Depay.

Eslatib o'tamiz, Memfis Depay kecha 20 yanvar kuni “Barselona”dan Madrid klubiga transfer qilingani e'lon qilindi. Kelishuv 3 mln evroga tuzildi. Shuningdek, Kataloniya klubi “matraschilar” futbolchisi Yannik Ferreyra Karraskoning ehtimoliy transferida chegirmaga ega bo'ladi. Depay 2021 yilning yozidan “ko'k anorranglilar” futbolchisi hisoblanar edi.


Manba: Marca