Dennis Bergkamp: "3-5 yildan so'ng "Arsenal"ga qaytishni istayman"

Tolibjon Qosimov
9 okt 2013
"Arsenal" klubining sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp London klubiga qaytish niyatida ekanini ma'lum qildi.
"Yoxan Kruiff "Barselona"ni qanchalik yaxshi ko'rsa, men "Arsenal"ni shunchalik yaxshi ko'raman.

Londonda menga barcha narsa yoqardi. "Arsenal"da bironta yomon kunim bo'lmagan. Oldimga qo'ygan maqsadlardan biri klubga qaytish.

"Ayaks"da yana 3-5 yil ishlayman, shundan so'ng ko'ramiz. "Ayaks"da butun murabbiylik faoliyatimni o'tkazmoqchi emasman. O'zimni bosh murabbiy sifatida ko'rayotganim yo'q.

Murabbiylar shtabining bir bo'lagi bo'lishni istayman. Menga ayniqsa hujumchilar bilan individual tarzda ishlash yoqadi", – deydi Bergkamp.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru