Denisovning yangi jamoasi bugunning o'zida uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
29 iyun 2019
"Rubin" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Qozonliklar "Orenburg"da harakat qilgan bosniyalik himoyachi Silvie Begich (RPL yakunlangan mavsumida – 23 o'yin, 2 gol) va rossiyalik xavbek Aleksey Sutormin (29 o'yin, 8 gol, 2 pas) hamda gruziyalik Zuriko Davitashvili bilan kelishuvga erishdi. 

Avvalroq, "Rubin" darvozabonlar –  Timur Akmurzin,  Aleksey Gorodovoy,  Yuriy Dyupin; himoyachilar – Oleg Danchenko, Vitaliy Denisov; yarim himoyachilar – Aleksey Sutormin, Kamil Zakirovlar bilan shartnoma imzolagandi. 

Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi 12 iyul kuni boshlanadi. Rubinliklar esa ilk turni 15 iyul sanasida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi safarda o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia