Andrey Miklyaev: "O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan birini yutib, mavsumni yuqori notada tugatganimizdan mamnunmiz"

Sherzod Nurmatov
27 noya 2021
Superliganing yakuniy 26-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" murabbiyi Andrey Miklyaev matbuot anjumanida qatnashdi.




- O'yin haqida

- O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan birini yutib, mavsumni yuqori notada tugatganimizdan mamnunmiz. Shu bilan birga, ularga qiyin bo'lganini tushunaman. Chunki 2 kun oldin AGMKga qarshi qiyin o'yin o'tkazishgandi. Balki yigitlar tiklanib ulgurishmagandir. "Nasaf"ga omad!  Kubokni yutgan holda Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishlarini tilayman. 0:1 bo'lib turganda, o'yin taqdirini o'zgartirib yubora oldik. Endi yaxshi kayfiyatda tatilga yo'l olamiz. Keyingi mavsumni kutib qolamiz.

- Birinchi taym ikkinchi taymdan farq qildi. Shuningdek, zaxiradan tushgan futbolchilar haqida fikringiz qanaqa?

- Birinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda esa to'p nazoratini qo'lga olib, ustunlikka ega bo'ldik. Qo'shimchasiga bir kishi ko'p bo'lib ham o'ynadik.  

Zaxiradan tushgan futbolchilarga kelsak, ular g'alabada katta hissa qo'shishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia