Demikelis mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi

Aslanov Jasurbek
15 may 2017
"Malaga" himoyachisi Martin Demikelis joriy mavsum yakunlanganidan so'ng butsasini mixga ilishga qaror qildi.

36 yoshli argentinalik joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Demikelis faoliyati davomida "River Pleyt", "Bavariya", "Atletiko", "Espanol" va "Manchester Siti" kabi klublarda o'ynagan. Himoyachi Germaniya chempionatida (2004/05, 2005/06, 2007/08, 2009/10), mamlakat kubogida (2004/05, 2005/06, 2007/08, 2009/10), Angliya chempionatida (2013/14G' g'alaba qozonishga ulgurgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana