Dembele tarixda ushbu natijaga erishgan 10-futbolchi bo'ldi

Khoja
23 sen 2025
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Jaxon Chempionati, Chempionlar Ligasi va "Oltin to'p"ni yutgan 10-futbolchi bo'ldi.

Fransiyalik futbolchidan avval ushbu natijaga Bobbi Charlton, Gerd Myuller, Franc Bekkenbauer, Paolo Rossi, Zayniddin Zidan, Rivaldo, Ronaldinyo, Kaka va Lionel Messi kabi futbolchilar erishishgan.

Eslatib o'tamiz, Dembele 2018 yilda bo'lib o'tgan JCHda Fransiya termasi bilan g'alaba qozongandi. ECHLni esa o'tgan mavsum PSJ bilan birgalikda qo'lga kiritdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com