Dembele "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan umumiy guruhda ishladi. U noyabrdan beri o'ynamaydi

Alisher
6 avg 2020
"Barselona" Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Napoli" (birinchi o'yin - 1:1)ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, umumiy guruhda jarohatidan tuzalgan yarim himoyachi Usmon Dembele va himoyachi Ronald Arauxo qatnashdi.

Francuz 3 fevralda jarohat olgan edi. Dembele so'nggi bor rasmiy o'yinda o'tgan yilning noyabr oyida maydonga chiqqan.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Napoli" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: FCBarcelona_cat

O'xshash yangiliklar