“Dedpul” Angliya quyi divizioni jamoasi akciyadoriga aylandi

Eldor Akmurzayev
10 fev 2021
“Dedpul” kinoqahramonini gavdalantirgan taniqli aktyor Rayan Reynolds va ssenariy muallifi hamda prodyuser Rob MakElxenni Uelsning “Reksem” jamoasi rahbariga aylanishdi.

Yangi akciyadorlar klubga 2 mln funt o'tkazdi. Ushbu mablag' asosiy jamoani rivojlantirishga, shuningdek, ayollar jamoasini saqlab qolish va jamoatchilik tashabbuslarini moliyalashtirish uchun ham sarflanadi.

“Qizil ajdarlar” ayni vaqt Angliya 5-divizionida qatnashadi. Umuman jamoa 1864-yil tashkil etilgan va futbol olamidagi eng tarixiy klublardan biri hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian