Debyut gol, 2-qizil... (qiziq faktlar)

6 may 2022, 01:17
Superliganing 7-turiga start berildi. Dastlabki kundan o'rin olgan 2 ta o'yin nihoyasiga etdi.

Qiziquvchan muxlislar diqqatiga o'sha bahaslardan keyin paydo bo'lgan faktlarni yig'ib, taqdim qilamiz.

- "Dinamo" safardagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

- 7 turdan keyin "Olimpik" eng ko'p durang o'ynagan jamoa (4).

- Shohmalik Komilov "Dinamo" libosida debyut golini urdi. 

- Otabek Jo'raqo'ziev gol urgan o'yinlarda "Olimpik" hech qachon yutqazmagan (8).

- 25 yoshli Jo'rabek Mannonov faoliyatida 2-bor maydondan chetlatildi.

- 2003 yilda tug'ilgan Akmal Kozimov bugun Superligadagi debyutini nishonladi.

- Asker Najafaliev mavsumda 25-bor kartochka ko'rsatdi (2 tasi qizil). Undan oldinda faqat Rustam Lutfullin bor.

- "Dinamo" Toshkentdan oxirgi marta 2017 yilda ochko bilan qaytgandi.

- "Lokomotiv" safardagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. 

- Jerom Etame Superlagadagi debyut golini urdi. Kamerunlik futbolchi "temiryo'lchilar" tarkibiga yil avvalida "Yangier"dan kelib qo'shilgandi.

- "Neftchi"ning "uy" o'yinlariga kelgan muxlislar soni 1-marta 1000 nafarga yetmadi.

- Farg'ona klubi darvozasi 11-marta ishg'ol qilindi. Bu Superligadagi eng yomon natija ("Bunyodkor" bilan birga).

- "Neftchi" "Lokomotiv"ni 2010 yildan beri enga olmayapti (15 o'yin). 

- Shavkat Nasibullaev 18 oydan keyin yana "Neftchi" ishtirokidagi o'yinni boshqardi. U so'nggi bor Pro liga-2020'da "Turon" va "Neftchi" jamoalari ishtirokidagi bahsda ishlagan. Uchrashuv yakuniga etganidan keyin fag'onaliklar hujumchisi Jamshid To'raqulov hakamga kung-fu uslubida zarba bergan edi.

O'zbek futboliga bag'ishlangan "Futbol analizi" blogiga a'zo bo'ling.


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar