De Yong "Ayaks"ning hisoblanmagan goli haqida: "Bunday holatda katta klub foydasiga qaror chiqarish oson"

Tolibjon Qosimov
14 fev 2019
"Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yong YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'tgan o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

"Biz jamoa sifatida yaxshi o'ynadik. Golimizni bekor qilishgani juda yomon.

Bunday vaziyatlarda katta klub foydasiga qaror chiqarish oson, bunaqasi bizda ham bo'lgan.

Lekin, biz yaxshi o'ynashda davom etdik va imkoniyatlarga ega bo'ldik. Afsuski, ular bizga kerakli natija keltirmadi", - dedi de Yong.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com