De Ligt "Ayaks" bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2019
"Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt jamoa bilan birga mavsumoldi yig'inga kirishdi.

Klub matbuot xizmati kechadan boshlangan mashg'ulotlardan surat va videolarni joylab bormoqda, amstyerdamliklar sardori quvnoq kayfiyatda shug'ullanmoqda.

"Ayaks"ning kechagi mashg'ulotlaridan suratlar.


Oldinroq, poytaxtliklar himoyachisi katta ehtimol "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi xabar qilingan edi. 19 yoshli Matteysning agenti Mino Rayola "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lgani haqida aytgandi.

Bu esa bugungi mashg'ulotdan suratlar.


De Ligt o'tgan mavsum "Ayaks" tarkibida 55ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/AFCAjax