De Dzerbi Kloppning "Liverpul"dan ketishi haqida: "APL dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan birini yo'qotyapti"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024
Roberto De Dzerbi Yurgen Kloppning "Liverpul"dan ketishi haqida fikr bildirdi.

Kecha "qizillar" ustozi mavsum oxirida klubni tark etishi haqida ma'lum qildi.

"Men juda xafaman, chunki Klopp liga yoki mamalakat o'zgartirsa, Premer-liga dunyoning eng yaxshi murabbiylridan birini yo'qotadi.

Klopp, Gvardiola, Anchelotti va Belsalarni jahondagi eng yaxshi mutaxassislar deb hisoblayman. Bizning ishimiz - eng yaxshilaridan biri, ammo u juda og'ir.

Sizga energiya kerak bo'ladi. Har kuni ishlashingiz shart. Kerakli energiyangiz bo'lmasa ishsiz qolasiz" - deydi "Brayton" ustozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC