Davron Fayziev: "Abduqodir Husanov "Real" maydonida kimga qarshi o'ynash qiyin bo'lganini aytdi"

Sherzod Nurmatov
27 apr 2025
"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida qatnashgan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovga oid insayd bilan bo'lishdi.

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov O'FA matbuot xizmati rahbari bilan suhbatda "Real"ga qarshi kechgan YCHL 1/8 final javob o'yinida Kilian Mbappe, Vinisius Junior emas, balki Jud Bellingem bilan duelda qiynalgan. Husanovga ko'ra, Bellingem jismonan baquvvat futbolchi bo'lgani uchun uni to'xtatish qiyinchilik tug'dirgan.

Davron Fayzievning bu fikrlarini tinglarkan, podkast mualliflaridan biri Alisher Uzoqov qo'shimcha qildi. "Lans" tarkibida "Arsenal"ga qarshi o'ynagan Abduqodir Husanov u bilan o'zaro suhbatida londonliklar sardori Martin Edegorni eng yaxshi futbolchi deb atagan ekan.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia