David Vilya: “Asensio Ispaniya termasi asosiy tarkibida to'p tepishga loyiq”

30 avg 2017, 00:37
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi David Vilya “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio haqida to'xtaldi.

“Asensoning o'yinlarini yoqtirish uchun uning maydondagi harakatlarini biroz kuzatishing o'zi etarli. U Ispaniya termasi asosiy tarkibiga kirish uchun qilinishi lozim bo'lgan ishdan ham ko'proq mahoratini namoyish etmoqda.

So'nggi yillarda terma jamoaning ishlari u darajada yurishmadi. Ammo bugungi kunda tarkibga ajoyib futbolchilar yig'ilgan. O'ylaymanki, bizda yaqin kelajakda yana buyuk jamoa paydo bo'ladi”, deydi Vilya.



Manba: As