David Luiz: "Mening o'zim "Barsa"ga o'tmaslikka qaror qildim"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2013
"Chelsi" himoyachisi David Luiz "Barselona"ning taklifini uning o'zi rad qilganini aytdi.
Braziliyalik futbolchining aytishicha "ko'klar" uni sotiishga tayyor edilar, biroq Luiz Londonda qolishga qaror qildi.

– "Barselona" menga aniq taklif bilan chiqqandi, ammo uni rad qildim, – deydi David Luiz The Sun nashriga. – Dani Alves va Neymar meni Kataloniyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishga harakat qilishdi, ammo bunga rozi bo'lmadim. Ko'pchilik "Chelsi" meni sotmagan deb o'ylaydi. Ammo bu qarorni aynan men qabul qilgandim.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru