David Luiz Bekxemga tegishli klubga taklif etiladi

Sherzod Nurmatov
15 may 2021
"Arsenal"ning markaziy himoyachisi David Luiz faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, "Inter Mayami" braziliyalikni erkin agentga aylangandan so'ng qo'lga kiritmoqchi.

Avvalroq 34 yoshli braziliyalik futbolchi "kanonirlar" bilan 30 iyun kuni tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Luiz "Arsenal" tarkibida 2019 yil avgust oyidan beri o'ynab kelmoqda. U 73 uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News