Darvozabon Tom Xiton MYU o'yinchisiga aylandi

Alisher
31 may 2021
"Aston Villa" darvozaboni Tom Xiton "Manchester Yunayted"ga o'tdi.

Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va erkin agent maqomida jamoaga qo'shiladi.

Angliyalik futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan.

Xiton - MYU tarbiyalanuvchisi, ammo u asosiy jamoada umuman o'yin o'tkazmagan. Tom yaqinda "Aston Villa"ni tark etgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano