Daniil Abakshin: "Eng yaxshi to'purar va assistentlar safida bo'lish yoqimli"

Оқил Абдубарноев
7 okt 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati 3-o'rin uchun Fransiyaga qarshi o'yindan so'ng (7:1) Ukraina terma jamoasi a'zosi Daniil Abakshin saytimizga intervyu berdi.

"Bugungi o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish etib, ijobiy natijaga erishdik va bronza medallarini qo'lga kiritdik. 

Albatta, eng yaxshi to'purar va assistentlar safida bo'lish yoqimli. Venesuelaga gollar urganimdan so'ng o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi va ko'proq gol urishga intildim. To'purar bo'lmagan bo'lsam-da, jamoamga foydam tekkanidan xursandman. 

Fransiyaga urgan gollarimni muxlislar, oilam, xususan, rafiqam va o'g'limga bag'ishlayman. Umuman olganda, barcha golimni barchaga bag'ishlayman", dedi Abakshin.

Eslatib o'tamiz, Ukraina jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Daniil Abakshin 7 ta gol bilan musobaqaning "Kumush butsa"si sohibiga aylandi. Shuningdek, u 6 ta assist bilan eng yaxshilar qatorida bo'ldi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia