

Zo'r tomoshabop o'yin bo'ldi, ammo yakunda alamli mag'lubiyat. Oxirgi daqiqalarda hujumga otlanib, himoyalanishda xatolikka yo'l qo'ydik. Dinamo biz kutgandek o'yin ko'rsatdi, ular har doim ochiq futbol o'ynashadi.
Uchrashuvdagi har bir to'xtalish o'yin tempiga ta’sir qildi. Ammo bu to'xtalishlar bizning foydamizga bo'lmadi.
Muxlislardan iltimos, jamoamizni duo qilib turinglar, biz ijobiy natijalarga erishish uchun borimizni beramiz. Maksimal kuchimizni sarflab, ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Temirov.



