Dahshat! Mourinyo qanday taklifni rad etganini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019
Xitoyning "Guangjou Evergrand" jamoasi Joze Mourinyo uchun qancha maosh taklif qilgani ma'lum bo'ldi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 56 yoshli mutaxassisga Xitoy klubi 100 million evro maosh taklif qilgan. Unga Xitoyda necha yil ishlashini uning o'zi belgilab olishini aytishgan.

Ammo bu 3 mavsumdan kam bo'lmasligi kerak bo'lgan. Bir mavsum uchun maosh 31 million evroni tashkil qilgan.

Oldinroq Mourinyo ambiciyalari yuqori bo'lgan jamoalarni boshqarishga tayyorligini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports