
Viktor Goncharenko shogirdlari K guruhida 3 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinni egallab turibdi. Shu orqali SSKA ketma-ket uchinchi mavsumdirki evrokuboklarda guruhdan chiqa olmadi. Ikki marta YCHLda so'nggi o'rinda qolib ketgan jamoa ushbu mavsumda Yevropa ligasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Undan tashqari, moskvaliklar Yevropa ligasi doirasidagi so'nggi 11 o'yinida atigi 1 marta g'alabaga erishdi holos. Bu ham o'tgan mavsumda "Espanol" ustidan qo'lga kiritilgandi. Qolgan o'yinlarda 5 durang va 5 mag'lubiyat qayd etilgan.