SSKA ustozi Fedotov: "Fayzullaev kabi transferlar ko'p bo'lishini istardim"

Nozimov Nig'monxo'ja
26 noya 2023, 07:55
SSKA klubi bosh murabbiyi Vladimir Fedotov MIR Rossiya Premer-ligasining 16-turidan o'rin olgan “Dinamo”ga qarshi o'yindan so'ng jamoa futbolchisi, hamyurtizimi Abbosbek Fayzullaev kabi transferlarni ko'proq bo'lishini istashini aytdi.

"Fayzullaev jamoamizga ajoyib tarzda qo'shilib ketdi. Uning jamoaviy o'yinini alohida takidlagan bo'lardim. Abbosdek futbolchi meni jamoamda o'sayotganidan xursandman. Fayzullaev kabi transferlar ko'p bo'lishini istardim",-dedi Fedotov.

Eslatib o'tamiz, Abbos "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com