RPL. SSKA to'qqiz kishi bo'lib "Axmat"ga mag'lub bo'ldi. Fayzullaev esa O'zbekiston OTJ safiga ertaroq kelishi mumkin

Alisher
20 apr 2024
RPL 25-tur doirasidagi SSKA - "Axmat" o'yini bo'lib o'tdi.

"Armiyachilar" yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi 64-daqiqada o'z o'rnini sherigiga bo'shatib berdi. 

Qayd etish kerakki, xavbek 7-daqiqadayoq sariq kartochka oldi va "Spartak"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni kartochkalari yig'ilib qolgani sabab o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Bunga qadar futbolchimizning U-23 termasiga qo'shilishi sanasi 26 aprel deya taxmin qilinayotgandi, endilikda u Moskva derbisini o'tkazib yuborishi sabab termamizga ertaroq kelib qo'shilishi mumkin.


SSKA - "Axmat" 1:2

Gollar: 1:0 – 62, penalti Chalov, 1:1 – 79 Konate, 1:2 – 87 Berisha.

SSKA: Torop, Gayich, Moyzes, Villian Rosha, Zdelar, Agapov, Oblyakov, Mendes (Diveev, 32), Fayzullaev (Davila, 64), Chalov (Zabolotnyy, 64), Musaev.

"Axmat": Sheliya, Todorovich (Lovat, 70), Semenov, Shatara, Gandri, Bogosovac (Oleynikov, 76), Timofeev, Kamilo, Sadulaev (Shvec, 90), Kovachev (Berisha, 70), Agalarov (Konate, 70).

Ogohlantirish: Fayzullaev (7), Kamilo (33), Semenov (39), Diveev (44), Moyzes (56), Kovachev (67).

Chetlatish: Villian Rosha (19), Diveev (89).



RPL TURNIR JADVALI


AlisherMuallif
Manba: championat.asia